Vaqtingiz — bozorda emas, biznesingizda o‘tsin
Bir martalik idishlar bozori yillar davomida eski tartibda shakllanib kelgan. Biz uni bugungi kun tezligiga olib chiqyapmiz: barcha zavodlar bitta joyda, narxlar ochiq, buyurtma bir necha daqiqada.
Yillar davomida shakllangan bozor
Kafe, oshxona yoki do‘kon egasi uchun idish xarid qilish — alohida ish kuni. Stakanni bir rastadan, qopqoqni boshqasidan, paket va konteynerni uchinchi joydan qidirish kerak. Har bir sotuvchi o‘z narxini aytadi, qaysi biri arzon ekanini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilib, bozorni aylanib chiqish kerak.
Bugun esa hech kimning bunga vaqti yo‘q.
Butun bozor — bitta oynada
Idish MALL zavodlarni va xaridorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydi. Siz bitta so‘rov yuborasiz — zavodlar siz uchun narx bo‘yicha raqobatlashadi. Eng yaxshi taklifni tanlaysiz, yuk esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri zavoddan eshigingizgacha keladi.
Stakan, konteyner, qopqoq, paket — hammasi bitta katalogda, bitta savatda.
Har bir zavod narxi ko‘rinib turadi, Idish birjasida esa narx qanday o‘zgarayotgani ham.
Kichik buyurtmalarni birlashtirib, ulgurji narxni hamma uchun ochamiz.
Narxi oldindan ko‘rinadi, holatini Telegram botda kuzatasiz.
03 Oldin va endi
Oldin
Endi — Idish MALL bilan
Adolatli raqobat, doimiy xaridorlar
Zavodlar sifati va narxi bilan raqobatlashadi, vositachilar zanjiriga emas. Ular tayyor so‘rovlarni oladi, mayda buyurtmalarni esa platforma yig‘ib beradi.
Zavod sifatida qo‘shilishO‘zbekistondagi har bir kafe, oshxona va do‘kon idishni bir necha daqiqada, zavod narxida va ishonch bilan xarid qilsin. Tejalgan vaqt va pul esa biznesini o‘stirishga ketsin.
Bugundan boshlang
Birinchi so‘rovingizni yuboring — zavodlar takliflarini o‘zingiz solishtiring.